O‘zbekistonda 2019-yilning may oyida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari o‘rtacha 0,7 foizga ko‘tarildi. Bu haqda statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Umumiy hisobda 2019-yilning yanvar—may oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari 6,0 foizga qimmatlashdi.
2018-yilning may oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 13,7 foizga oshdi.
Taqqoslash uchun: 2018-yilning mayida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,8 foizga, 2017-yilning dekabriga nisbatan 6,6 foizga, 2017-yilning may oyiga nisbatan 19,0 foizga qimmatlashgan.
Izoh (0)