O‘zbekistonning Qozog‘istondagi konsuli Dilshod Hakimov maishiy gazdan zaharlangan o‘zbekistonliklar ahvolidan xabar oldi. Bu haqda Sputnik xabar beradi.
Hozirda tibbiyot muassasasida 16 nafar jabrlanganlardan 12 tasiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. To‘rt nafar fuqaroga esa ularning sog‘lig‘i barqaror holatda ekanligi munosabati bilan ruxsat berilgan.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarolari hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Konsul jabrlanganlarning ahvoli barqarorlashganini tasdiqladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda ular o‘zlarini ancha yaxshi his qilmoqda. Ularga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, konsul Qarag‘anda shahri huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 16 nafar o‘zbekistonlik maishiy gazdan zaharlangan edi.
Izoh (0)