• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uchquduqdagi ovulni sel bosdi. Tuman hokimligi zarar miqdori hisoblab chiqilgach, aholiga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi

    Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida 3-iyun kuni kuchli shamol va yomg‘ir oqibatida sel kelishi kuzatildi. Xususan, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan “Yo‘lchilar” ovul fuqarolar yig‘inidagi bir necha xonadonni suv bosgan, ovuldan o‘tgan trassaning bir qismini sel yuvib ketgan.

    Foto: Umida Zafarova

    Foto: Umida Zafarova

    Ovulda istiqomat qiluvchi Umida Zafarovaning “Daryo”ga xabar berishicha, uning xonadoni ichini bir metrgacha suv bosgan, pol o‘pirilib ketgan, kuchli shamol oqibatida uyining tomi qulagan. Shamol vaqtida simyog‘och yonib, xonadon elektr tarmog‘idan uzilib qolgan.

    Foto: Umida Zafarova

    Foto: Umida Zafarova

    “Yordam so‘rab tuman hokimligiga borganimda, hokim o‘rinbosari: ‘Selni biz qilmadik, talofatni bartaraf etish bo‘yicha davlat pul ajratmagan, qachonki biror homiy chiqsa, uyingizni ta’mirlab beramiz’, deb javob berdi”, — deydi “Yo‘lchilar” OFYda istiqomat qiluvchi ayol.

    Uchquduq tumani hokimligi vakillari Umida Zafarova 4-iyun kuni murojaat bilan kelganini tasdiqladi. Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Farrux Bafoyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, hokimlik seldan zarar ko‘rgan fuqarolarga yordam ko‘rsatishdan qochmaydi, faqat avval tabiiy ofat keltirgan zarar hisoblab chiqilishi kerak.

    “Umida Zafarovaga yuz bergan holat tabiiy ofat ekanligini, uning oqibatlarini bartaraf etishni hech kim o‘z zimmasiga olmasligini aytdim. Sel keltirgan zarar xisoblab chiqilgach, uy ta’miriga yordam berilishini bildirdim. Lekin u ayol naqd pul berishni talab qildi. Biz unga tushuntirdik. Komissiya o‘rganib chiqqanidan so‘ng, uy ta’miriga yordam ko‘rsatiladi. Bunda tadbirkorlar tomonidan taqdim etiladigan homiylik mablag‘laridan ham foydalaniladi”, — dedi Bafoyev.
    Hokim o‘rinbosarining qayd etishicha, sel kelgan kuniyoq hodisa joyiga tuman hokimi va mutassadi tashkilotlar rahbarlari yetib borgan, hodisa yuzasidan shtab tuzilgan. “Yo‘lchilar” ovul fuqarolar yig‘inida jami 21 ta xonadonning hovli qismini suv bosgan, ikkita xonadonning ko‘cha tomondan o‘rab turgan devori qulagan, faqat bitta xonadonning uy qismiga bir metr emas, balki 20 santimetr suv kirgan. Hozirda yetkazilgan zarar miqdori hisoblab chiqilmoqda.

    “Yo‘l bo‘limi xodimlari tomonidan uylar ichida yig‘ilgan suv chiqarib tashlandi. Shuningdek, ovuldan o‘tuvchi kengligi 6 metr bo‘lgan yo‘lning bir qismini ham sel yuvib ketgan. Simyog‘ochlar yonib ketmagan, aksincha, sel vaqtida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ovul xonadonlari vaqtincha elektr tarmog‘idan uzib qo‘yildi”, — dedi Uchquduq tumani hokimligi vakili.

    Farrux Bafoyevning alohida qayd etishicha, ovuldagi ba’zi uylar o‘zboshimchalik bilan soy o‘zaniga qurib olingan. Aholi bu haqda avvaldan ogohlantirilgan, ammo xavfsizlik choralari ko‘rilmagani bois, ayrim xonadonlarni sel bosgan.

    Qayd etish joiz, toshqinlar tuman markazi Uchquduq shahrida ham kuzatilgan.

    04.06.2019, 19:03   Izoh (0)   30644
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

    04.06.2019, 18:57

    Prezident avtomobil sovg‘a qilgan O‘zMU talabasi Xalq ta’limi vazirligida ish boshladi

    04.06.2019, 18:31

    Toshkentda hayit namozi munosabati bilan masjidlar atrofidagi ko‘chalar avtomobillar uchun berkitiladi

    04.06.2019, 18:18

    Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

    04.06.2019, 18:15

    Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    04.06.2019, 18:05

    Samarqandda kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘moqda (video)

    04.06.2019, 17:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xabi Alonso “Real”ning himoyasi haqida: “Barcha futbolchilar orqaga qaytishi kerak”

    Sport | 27 iyun, 13:37

    “O‘zgidromet” 28-iyunda qanday ob-havo kutilayotganini e’lon qildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 13:25

    Rossiyada migrant haydovchilarni ishdan bo‘shatish taklif qilindi

    Dunyo | 27 iyun, 13:08

    Tramp va Netanyaxu G‘azodagi urushni tugatishga kelishib oldi — OAV

    Dunyo | 27 iyun, 12:33

    Son Xyon Min “Tottenhem”ni tark etishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyun, 12:20

    “AQSH zarbalardan hech qanday yutuqqa erishmadi” — Eron oliy rahnamosi (video)

    Dunyo | 27 iyun, 12:03

    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud?

    Reklama | 27 iyun, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.