• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ommaviy salomatlik tadbirlari o‘tkazdi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Sog‘lom bola — yurt kelajagi” shiori ostida navbatdagi ommaviy salomatlik tadbirlari tashkil etildi, deya xabar bermoqda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    O‘zbekistonning barcha hududlarida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularda aholi faol ishtirok etmoqda.

    Bu safargi tadbirlar bolalar salomatligiga bag‘ishlandi. Unda maktabgacha va maktab yoshidagi o‘quvchilari o‘rtasida salomatlik startlari o‘tkazildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari va aholi ishtirokida qator tibbiyot muassasalarida besh kilometrga faol yurish va gimnastika mashg‘ulotlari ham tashkil etildi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Ma’lumki, kompyuter texnologiyalari asrida, afsuski, bolalar o‘rtasida ochiq maydonlarda jismoniy harakat talab etadigan o‘yinlarning ahamiyati pasayib ketdi. Natijada, bu ularning jismoniy va psixologik holatiga ma’lum ma’noda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham bolalarni gimnastika va sport o‘yinlariga ko‘proq vaqt sarflashga undash lozim.

    Yengil mashqlar hatto chaqaloqlar uchun ham foydali hisoblanadi. Ular bolaning tanasini chiniqtiradi, immunitetini kuchaytirib, chidamliligini oshiradi. Bolalikdan boshlangan jismoniy tarbiya uning jismoniy mashqlarga mehrini uyg‘otadi. Bu esa kelajakda uning sog‘lig‘iga tizimli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Bolalarga yengil gimnastika mashqlarini ertalab qilish tavsiya etiladi. Oilada bunday mashg‘ulotlar odatiy bo‘lsa, bolalar jon deb shug‘ullanishadi. Ammo ular taqlid qilishni yaxshi ko‘rganliklari bois kattalarga ergashib, tanasini zo‘riqtirib qo‘yishlari mumkin.

    Bolalar uchun jismoniy tarbiya mashqlari o‘yin shaklida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Badiiy gimnastika bolalar uchun juda foydali hisoblanadi, jumladan, egiluvchanlik va muvozanatni, harakat a’zolarini rivojlanadi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Bolalar uchun eng yaxshi jismoniy tarbiya – bu muntazam yurishdir. Bolalar ko‘chaga chiqqanda faqatgina qumda o‘ynab yoki arg‘amchida uchib o‘tirmasdan faol yurishga ham o‘rganishi kerak. To‘rt yoshli bolalar uchun yurish taxminan 15-20 daqiqadan oshmasligi kerak. 5 yoshga to‘lganda esa yurish 30-40 daqiqa davom etsa maqsadga muvofiq.

    Toza havoda muntazam yurish nafaqat salomatlikni yaxshilaydi, balki nafas olish, mushak, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. Yurganingizda mushaklarning faol harakati tufayli tomirlarda qon aylanishi yaxshilanadi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Natijada varikozning oldi olinadi, organizmdan toksinlar chiqib ketadi. Umuman olganda, yurish vujudga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, immunitet va chidamlilikni oshiradi, aqliy salomatlikni mustahkamlab, uyquni yaxshilaydi.

    Mutaxassislarning fikricha, yurish yugurish va boshqa jismoniy mashqlardan ko‘ra anchayin foydaliroqdir. Salomatlik maqsadida yurish uchta tamoyilga asoslangan. Birinchisi, “Zarar qilmang”, ya’ni intensivlik va davomiylik tananing holatiga mos kelishi kerak.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Ikkinchisi, bosqichma-bosqich, ya’ni sur’at, vaqt va muddat tana uchun ortiqcha bosimlarsiz o‘sib borishi lozim. Uchinchi tamoyil esa muntazamlik, ya’ni yurishning kunlik miqdoriga amal qilish. Tavsiyaga ko‘ra, yurish haftasiga 3-4 marta, kamida 30 daqiqa davom etishi talab etiladi.

    Qayd etishlaricha, Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni tizimli ravishda davom ettiradi. Xususan, iyun oyining har shanba kuni “Tanlov sizdan: tamaki yoki sog‘lom o‘pkalar”, “Sog‘lom ovqatlanish — sog‘lom hayot demakdir”, “Zararli odatlar — umr kushandasi”, “Jismoniy faollik — uzoq umr ko‘rish garovi” shiorlari ostida ommaviy salomatlik tadbirlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

    01.06.2019, 19:58   Izoh (0)   9107
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chiroqchi tumani prokurori qonunga zid harakat qildi. Oqibatda tadbirkor jabrlanmoqda

    01.06.2019, 19:13

    Toshkentda Davlat bojxona qo‘mitasi amalga oshirilayotgan ishlar haqida matbuot anjumani o‘tkazildi

    01.06.2019, 18:57

    Orolbo‘yi hududida cho‘l o‘simliklari blok-inkubatorlarda yetishtiriladi

    01.06.2019, 18:12

    “Ma’muriy ishlar bo‘yicha sud hujjatlari namunalari" to‘plami nashr etildi

    01.06.2019, 17:55

    Leningraddagi qurilishda jarohatlangan o‘zbekistonliklar taqdiri ma’lum bo‘ldi

    01.06.2019, 17:26

    Toshkent—Xo‘jand—Chimkent savdo koridori tashkil etiladi

    01.06.2019, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.