“Ma’muriy ishlar bo‘yicha sud hujjatlari namunalari” to‘plami tayyorlandi va nashrdan chiqarildi. Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, to‘plam hujjatlarni rasmiylashtirishda shakliy, ketma-ketlik va kasbiy madaniyatga oid kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida chiqarilgan.
Unda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan 120 ga yaqin sud hujjatlarining namunalari o‘rin olgan.
Ushbu to‘plam bilan “Oliysud.uz” saytining Huquqiy adabiyot bo‘limida tanishish mumkin.
Izoh (0)