Ukraina prezidenti administratsiyasida hukumat almashganida ichida maxfiy ma’lumotlar bo‘lgan kompyuterlar yo‘qolgan, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
Maxfiy ma’lumotlar yo‘qolganini Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining yangi kotibi Aleksandr Danilyuk ma’lum qilgan. Sobiq prezident Pyotr Poroshenkoning matbuot kotibi Svyatoslav Segolkoning ta’kidlashicha, administratsiya rahbarining situatsion xonasi Poroshenkoning hisobiga ijaraga olingan. U prezidentlikdan ketgach esa, barcha jihozlar va texnikalar qaytarib olingan.
Segolkoning qayd etishicha, olib ketilgan serverlar ichida maxfiy hujjatlar yoki ma’lumotlar bo‘lmagan.
Izoh (0)