AQShning Florida shtatida bo‘g‘ma ilon unitazga kirib olib, erkakning qo‘lini chaqdi, deb xabar berdi Sun-Sentinel.
Jabrlanganga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uzunligi 1,2 metr keluvchi ilon esa veterinar klinikasiga yuborilgan va unda infeksiya borligi aniqlangan.
Bo‘g‘ma ilon uzunligi 1,2—1,5 metrga yetadigan zaharsiz ilondir. U kichik sutemizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. U odamlarga xavf tug‘dirmaydi, shu sababli uy hayvoni safatida boqiladi.
Izoh (0)