Gruziya sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukrainaga qaytib keldi. Bu haqda “Strana.ua” xabar bermoqda.
Gruziyalik siyosatchi o‘tirgan samolyot Kiyevning “Borispol” aeroportiga Toshkent vaqti bilan 19:15 da kelib qo‘ndi. Saakashvilini uning yuzlab tarafdorlari bayroqlar va non bilan kutib oldi hamda uning uchun Ukraina madhiyasini kuylab berdi.
Shundan so‘ng sobiq gubernator Ukraina va Gruziya bayroqlari, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning tasviri tushirilgan yo‘ltanlamasga minib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, 28-may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mixail Saakashviliga Ukraina fuqaroligini qaytargan edi.
Izoh (0)