Isroil bosh vazirining rafiqasi Sara Netanyaxu restorandan taomlar buyurtirgani uchun jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Sara Netanyaxu budjet mablag‘larini g‘ayriqonuniy ravishda xarjlashda ayblanmoqda. U endi davlatga 55 ming shekel (taxminan 15 ming dollar) to‘laydi.
Mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning rafiqasiga nisbatan sud jarayoni o‘tgan yil oktabrida boshlangan edi.
Izoh (0)