Avstriya parlamenti kansler Sebastyan Kurs va uning hukumatiga ishonchsizlik bildirdi hamda iste’foga jo‘natdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Hukumatga ishonch masalasi muxolifat tomonidan vitse-kansler Xayns-Kristian Shtraxe “rossiyalik oligarxning qarindoshi” mojarosi tufayli iste’foga chiqqanidan so‘ng kun tartibiga qo‘yildi.
Avstriya prezidenti tomonidan vaqtinchalik kansler tayinlanadi. Parlamentga navbatdan tashqari saylovlar 2019-yil sentabrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Sebastyan Kurs 2017-yil dekabrida, 31 yoshida Avstriya kansleri lavozimini egallagan va dunyodagi eng yosh hukumat rahbari bo‘lgandi.
Izoh (0)