Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziya sobiq prezidenti va Odessa viloyati (Ukraina) sobiq gubernatori Mixail Saakashviliga Ukraina fuqaroligini qaytardi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru” davlat rahbarining rasmiy saytiga tayanib.
Ta’kidlanishicha, Zelenskiy o‘zidan avvalgi prezident Pyotr Poroshenkoning 2017-yil 26-iyuldagi “Ukraina fuqaroligini tugatish to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartirish kiritgan. Saakashvilining Ukraina fuqaroligidan mahrum etilishi haqidagi band olib tashlangan.
Eslatib o‘tamiz, Saakashvili tomonidan pasport olishda yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilgani sababli u Ukraina fuqaroligidan mahrum qilingan edi.
Izoh (0)