Afg‘oniston maxsus xizmat kuchlari mamlakat sharqidagi ikki viloyatda “Tolibon” tarkibiga kiruvchi “Haqqoniy tarmog‘i” terrorchilik guruhining 14 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Bayonotga ko‘ra, “Afg‘oniston milliy armiyasining maxsus xizmat kuchlari 28-may kuni G‘azna va Paktia viloyatlarida operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Natijada “Haqqoniy tarmog‘i” terrorchilik guruhining 14 nafar jangarisi yo‘q qilindi”.
Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, yana to‘qqiz nafar terrorchilar, xususan, ularning yetakchilaridan biri hibsga olingan.
“Haqqoniy tarmog‘i” Afg‘onistondagi eng xavfli terrorchilik tashkilotlaridan sanaladi. Afg‘onistonda xavsizlik kuchlari terrorchilar o‘rtasida muntazam to‘qnashuvlar bo‘ladi. Terrorchilarning 50 foizidan ortig‘i tolibonlar tomonidan boshqariladi. IShID terrorchilik guruhining mavjudligi mamlakatdagi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)