Burkina-Fasoda noma’lum shaxslar katolik cherkoviga ibodat chog‘i hujum qildi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Mamlakat xavfsizlik xizmati hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lganini bildirgan. “Burkina axborot agentligi”ga ko‘ra, 4 kishi halok bo‘lgan va 5 kishi yaralangan.
Ibodatxonaga hujum qilganlar 12 kishi bo‘lgani va ular mototsikllarda harakatlangani bildirilmoqda.
Ma’lumot uchun, shu oyning o‘zida G‘arbiy Afrikadagi ushbu davlatda amalga oshirilgan 4 ta hujum oqibatida 20 nafar nasroniy katolik o‘ldirilgan.
Izoh (0)