2019-yilning avgustidan boshlab YouTube tarmog‘idagi kanallarning obunachilari soni yaxlitlab ko‘rsatiladi, deb xabar berdi “Korrespondent”.
YouTube vakillarining ta’kidlashicha, bu kabi o‘zgarishlarga mingdan ortiq obunachiga ega kontentlar YouTube dasturida o‘zini o‘qiyotgan odamlar sonini turlicha ko‘rayotgani sabab bo‘lmoqda. Ayrim hollarda obunachilar soni 133 ming holatida ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, boshqa safar — 133 017 shaklida aniq soni ko‘rsatilmoqda.
Yangilik joriy etilganidan so‘ng, ming nafardan kam obunachiga ega kanallarda aniq raqam ko‘rsatiladi. Mingdan oshishi bilan qisqartirilgan variantga o‘tiladi.
Masalan, kanalning 4227 ta obunachisi bo‘lsa, bu 4,2k ko‘rinishida bo‘ladi.
Izoh (0)