“O‘zbekiston temir yo‘llari” 18-maydan boshlab yangi 6427 hamda 6428-sonli Toshkent—Xojikent—Toshkent shaharlararo tezyurar poyezd harakatini yo‘lga qo‘ydi.
Qatnovlar haftaning shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
“Salar” temir yo‘l bekatidan (metroning “Pushkin” bekati) poyezd ertalab soat 06.43 da yo‘lga chiqib, Xojikentga soat 08.01 da yetib boradi. “Xojikent” stansiyasidan soat 18.13 da harakatlangan poyezd soat 19.31 da “Salar” bekatiga yetib keladi.
Mazkur tezyurar poyezd yo‘l davomida oraliq bekatlarda to‘xtamaydi. Bu esa manzilga tez yetib borishga xizmat qiladi.
Izoh (0)