Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Mazkur konsepsiyada quyidagilar nazarda tutilgan:
maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishi, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash.
Izoh (0)