UzCarlsberg kompaniyasining “Toshkent suv ta’minoti” korxonasi tomonidan ortiqcha qarzdorlik hisoblanishi yuzasidan murojaati Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
O‘rganish natijasida “Toshkent suv ta’minoti” korxonasi tomonidan UzCarlsberg’ga 142 million so‘m asossiz qarzdorlik hisoblanganligi aniqlangan va qo‘mita tomonidan ushbu holatni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Natijada UzCarlsberg kompaniyasiga nisbatan ushbu noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorlik jamiyat foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.
Izoh (0)