• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Jeyms Bond filmi qachon olinadi? 

    Dunyodagi eng mashhur kinofranshizaning navbatdagi filmi “Jeyms Bond 25” suratga olinishiga oid rejalarini e’lon qildi. Unda aktyorlar tarkibi va sinopsis bilan birgalikda film qayerlarda suratga olinishi haqida ham ma’lumotlar bor. Unga ko‘ra Yamayka, Norvegiya, Italiya va Buyuk Britaniya bo‘lajak filmga lokatsiyalar sifatida tanlab olingan.

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Shu kungacha Bond haqidagi kinoasarlar Avstriya, Shveysariya, Turkiya, Bahama orollari, Hindiston, Islandiya, Tailand kabi tabiati yoki/va me’morchiligi jihatdan jozibali mamlakatlarda hikoya qilingan. Bu davlatlar ichida“007: Spektr” suratga olish jarayonlariga mezbonlik qilgan Marokash ham bor.

    Xo‘sh, O‘zbekiston shaharlari qachon Bond kabi filmlar uchun lokatsiya sifatida tanlab olinadi? Turizmni rivojlatirish qo‘mitasi shu xususda mulohaza yuritdi.

    Keling, bu savolga javob berishdan avval quyidagi uchta savolga javob topaylik, deyiladi xabarda.

    1. Bond kabi filmlarning bizda olinishidan nima naf?

    Travel Sompetitive Intelligence marketing tadqiqotlariga ko‘ra dunyo bo‘ylab 40 million sayyoh ko‘rgan filmlaridan ilhomlanib, sayohat manzilini tanlaydi. 2015—2017-yillarda dunyo bo‘ylab kinosayyohlar soni 80 milliondan oshgan bo‘lib, ularning aksariyati Rossiya, Hindiston va Xitoy fuqarolari hisoblanadi.

    “Garri Potter” filmlarida namoyish etilgan maskanlarga keladigan sayyohlar soni, ushbu kinoasar dunyo tomoshabinlari etiboriga havola etilgach, o‘rtacha 50 foiz, “Troya” filmidan keyin Turkiyaning Chanoqqalasiga keladigan turistlar oqimi 73 foiz, “Dovyurak” (Braveheart)da namoyon bo‘lgan Shotlandiyaning Uolles monumenti ziyoratchilari adadi 300 foiz (!) oshgan.

    Endi, o‘zingiz tasavvur qiling, dunyoning turli nuqtalaridagi tomoshabinlar “Jeyms Bond”, “Bajarib bo‘lmas topshiriq” yoki “Forsaj” kabi davomli hikoyalarga ega franshiza filmlaridan birini tomosha qilayapti, u yerda esa “Samarkand, Uzbekistan” degan titr bilan Registon maydoni yoki boshqa obidalar chiqib kelsa... Albatta, bu turistlar oqimini keskin oshirishga hamda mamlakat brendini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmay qo‘ymaydi.

    Boshqa tomondan chet el kinokompaniyalari O‘zbekistonga film olish uchun kelishi ular mahalliy kinosanoat vakillari, mutaxassislar va tadbirkorlar xizmatidan foydalanadi degani. Iqtisodiyotning barcha sektorlariga hissa qo‘shilishi nuqtai nazardan xorijiy kinolarning bizda olinishini bir qancha millionlik valyutadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyaga tenglashtirish mumkin.

    Gollivud yoki Yevropa kinokompaniyalari O‘zbekiston hududida film yaratishi mahalliy kinoindustriya uchun katta maktab bo‘ladi. Sohaga yangi tendensiyalar kirib kelib, standartlar yuqorilashiga turtki bo‘ladi.

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    2. O‘zbekiston bunday filmlarga lokatsiya bo‘lish uchun qanchalik munosib nomzod?

    Geografik joylashuvi tufayli O‘zbekiston boy va xilma-xil tabiatga ega. Bir mamlakatda ham tog‘lar, ham daryoyu o‘rmonu dala-dashtlar, ham bepoyon cho‘llarni uchratish kinoprodyuserlar uchun iqtisodiy jihatdan ham manfaatli va jozibali ko‘rinishi mumkin.

    Tarixiy shaharlarimiz, me’moriy obidarimizu qadimiy sivilizatsiya qoldiklari turli kinovoqealarga mezbon bo‘lishga loyiq. Ayniqsa, ular o‘tgan yillar davomida katta filmlarda aks etmagan, ta’biri joiz bo‘lsa, ular yirik prodakshn kompaniyalari uchun “yashiringan javohir” kabidir.

    Kino prodyuserlar biznesmen sifatida iloji boricha chiqish kam, kirim esa ko‘p bo‘lsin deydi. Chiqimlar kamligi, mahalliy narxlarning yuqori emasligi O‘zbekistonni yanada maftunkor qiladi. Yil davomida quyoshli kunlarning ko‘pligi, kunlarning esa uzunligi tabiatda suratga olish uchun ideal shart-sharoit hisoblanadi. Axir, yomg‘ir yog‘ib qolishi yoki quyosh erta botgani uchun yorug‘lik yo‘qolib qolishi kinochilarga oz-munchaga tushmaydi.

    Xullas, O‘zbekiston kino olish uchun manzil sifatida chakana variant emas. Shunchaki uni munosib taqdim qilish, infrastrukturani paralell ravishda asta-sekin yaxshilash va kinoturizm yo‘nalishini kompleks ravishda keng qo‘llab-quvvatlab, xalqaro miqyosda tadbiq etilayotgan imtiyozlarni joriy etish hamda suratga olish bilan bog‘liq ko‘plab cheklovlarni keskin qisqartirish eng dolzarb muammolardan biridir. Balki shuning uchun ham o‘tgan yillar mobaynida Jeyms Bondning “tishi” O‘zbekistonga o‘tmagandir?!

    3. O‘zbekistonni dunyo kinoijodkorlari orasida qanday targ‘ib qilish mumkin/kerak?

    Albatta, kinoturizmni rivojlantirish uchun eng avvalo shu soha bo‘yicha strategiya va tizim ishlab chiqilishi kerak. Dunyo bo‘yicha xorij kinoijodkorlarini biror mamlakatga jalb qilish bo‘yicha kinokomissiyalar shug‘ullanadi. O‘tgan yili mamlakat rahbarining maxsus qaroriga muvofiq Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda shunday kinokomissiya tashkil topdi.

    Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 24-iyulidagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3880-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tashkil etilgan.

    Ushbu tashkilot mahalliy kinosanoat vakillari hamda xorijiy kinokompaniyalar o‘rtasida vositachi, xorijlik ijodkorlarga lokatsiya tanlashdan tortib mutaxassislar izlashgacha maslahat va amaliy ko‘mak berish vazifasini o‘ziga oldi. Albatta, bugun eng katta vazifalardan biri bo‘lib avvalo o‘sha kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish turibdi.

    Shu kunlarda esa dunyo kinosanoati uchun eng yirik voqelik Xalqaro 72-Kann festivali doirasida “O‘zbekiston Milliy pavilioni”ni tashkil qilish ishlariga taraddud ko‘rilmoqda. Kann festivali nafaqat kinosan’ati durdonalarini namoyish etish uchun, balki (aslida ko‘proq ham) kino industriyasi ishtirokchilari uchun B2B muzokaralar maydonchasidir.

    Mazkur O‘zbekiston pavilonida mamlakat kinoturizmining imkoniyatlarini dunyo miqyosida munosib namoyon etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan yuqori sifatli turli reklama mahsulotlar tayyorlangan.

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Bu o‘z o‘rnida, O‘zbekiston kinolokatsiyalarida xalqaro miqyosdagi filmlar olinishiga yirik kinokompaniyalar, kinoijodkorlar va mashxur akterlar bilan kelishuvlar imzolanishi, hamda O‘zbekiston nomini kino olami sarlavhalarida katta bitiklar bilan yozib qo‘yish imkoniyatini yaratadi.

    09.05.2019, 14:15   Izoh (0)   30452
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorijiy investordan 47 ming dollarni pora sifatida olgan tergovchi uzoq muddatga qamaldi

    09.05.2019, 13:56

    O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti maqbarasini ziyoratga qilish uchun minglab odamlar kelmoqda (video)

    09.05.2019, 13:05

    Samarqand shahrida harbiy texnikalar va qurol aslahalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (foto) 

    09.05.2019, 12:31

    Shavkat Mirziyoyev jon fido qilgan yurtdoshlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

    09.05.2019, 11:42

    Toshkent hokimligi “O‘lmas polk” aksiyasiga ruxsat bermagandi. Ammo aksiya baribir o‘tkazilmoqda

    09.05.2019, 11:35

    Prokuratura Qo‘qonda ro‘zador o‘quvchilar issiqda yugurtirilgani bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi

    09.05.2019, 11:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.