• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xorijiy investordan 47 ming dollarni pora sifatida olgan tergovchi uzoq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orif Qilichevning o‘z kasbiga xiyonat qilgan huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi haqidagi maqolasini chop etdi. Quyida ushbu maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida navbatdagi jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud majlisi ochiq olib borildi. Jinoyat tafsilotlarini eshitgan kishi borki, taajjublanishi turgan gap.

    Gap shundaki, 2017-yil avgust oyida Turkiya fuqarosi Osmon Bozkurtga tegishli “Serbo Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 129 tonna tayyor trikotaj mahsuloti kamomadi aniqlanadi. Dastlabki surishtiruvlarda bu mahsulotlar talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ladi.

    Shu bois huquqni muhofaza qiluvchi organga berilgan ariza tufayli ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Jinoyat ishi tuman prokuraturasi katta tergovchisi Valijon Aliyevga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) topshiriladi.

    Odatda, tergovchi jinoyat-protsessual qonunchiligi talablariga asosan jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlashi va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni ko‘rishi kerak. Buni qarangki, katta tergovchi haqiqatni aniqlash uchun cho‘tal talab qiladiganlar toifasidan bo‘lib chiqdi.

    Jinoyat ishiga guvoh sifatida chaqirilgan O.Bozkurt o‘z tarjimoni bilan kelganidayoq tergovchi qabih rejasini amalga oshirishga kirishadi. Dastlab tarjimon U.Akramovning uyali telefon raqamini so‘rab oladi. Tergovchi jinoyat ishi bo‘yicha jamiyat xodimlarini u orqali chaqirib turadi. Shu tarzda ikkovlon o‘zaro gaplashib, yaqin munosabatda bo‘lib qolishadi. Aslida V.Aliyevga mana shunday iliq munosabat kerak edi.

    Tergovchi O.Bozkurtga tegishli yana bir korxona, ya’ni “Bf Textile Production” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yuzasidan ham taftish o‘tkazishni boshlaydi. Shu munosabat bilan 2017-yilning oktabr oyi oxirida tarjimonni o‘z xizmat xonasiga chaqiradi.

    “Fabrikalaringa teginmasak, aytmoqchimanki, fabrikadagilarning aybini topsak, jarima qilmaymiz, zararni to‘liq undirib beramiz. Lekin xizmati bor. Ortiqcha gap-so‘z bo‘lmaydimi?” — deb tarjimonga maqsadini dangal aytadi-qo‘yadi.

    “Xo‘p-xo‘p tushundim, bizga nima xizmat?” — deydi tarjimon bunday ochiq gapni kutmaganidan biroz dovdirab.

    Tergovchi unga uch barmog‘ini ko‘rsatib, 30 ming AQSh dollari berishini tushuntiradi. Tarjimon cho‘tal haqidagi xabarni ta’sischi O.Bozkurtga yetkazadi.

    Buni eshitib, tabiiyki, xorijlik investorning jahli chiqadi. Lekin agar “o‘g‘rilarni topib berib, hammasini qonuniy hal qilsa, zararni undirib bersa, mayli, aytganini beramiz” degan o‘y bilan pulni bir necha kunda taxt qilib berishini aytadi. Bu orada tergovchi tarjimonga bir necha marotaba qo‘ng‘iroq qilib, pulni tezroq yetkazishini talab qiladi.

    Tez orada aytilgan mablag‘ yetkaziladi. Mullajiringni qo‘lga kiritganidan kayfiyati chog‘ bo‘lgan tergovchi tarjimonga jinoyat ishi bo‘yicha korxonaning boshqa faoliyatiga ko‘z yumishini, kamomad bo‘yicha aybdorni besh kun ichida topib, jazoga tortishini ma’lum qiladi.

    Bir necha kundan so‘ng tergovchi yana tarjimonga qo‘ng‘iroq qilib, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida jamiyatdan sotilgan to‘qimachilik mahsulotlari aniqlanganini aytadi. Korxona mutaxassislari bilan birgalikda o‘sha joyga borib kelish zarurligini tushuntiradi. Ikki nafar xodim tergovchi bilan birga Uchko‘prik tumaniga yetib boradi. U yerda topilgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirib, omborga topshirib kelishadi.

    Qarasaki, tergovchidan hamma mamnun, barcha ishlar va’da bo‘yicha ketayapti. Bundan foydalangan V.Aliyev yana tarjimonga “yoriladi”. Unga yaqinda to‘yi bo‘layotganini, 5 ming dollar zarurligini aytadi.

    — Buncha pulni qayerdan olaman? Axir, yaqinda O.Bozkurt kerakli pulni berib bo‘ldi-ku?!

    — O‘zingiz berib tura qoling, keyin ish bo‘yicha kelishib ketamiz, — deb qo‘yarda-qo‘ymay talab qiladi tergovchi.

    Chorasiz qolgan tarjimon bu haqda O.Bozkurtga aytadi. Har holda, O.Bozkurtning ham so‘ralgan mablag‘ni berishdan boshqa iloji qolmaydi.

    Ayni chog‘da, oradan vaqt o‘tgan sari tergovchi juda sust harakat qilayotgani xorijlik investorning noroziligiga sabab bo‘ladi. O.Bozkurt tarjimonga hali ham asosiy ayblanuvchilar topilmagani uchun jahli chiqayotganini bildiradi. Tergovchi va’dasini unutganini, shuning uchun kamomadni qoplash choralari ko‘rilmagani, aybdor shaxslar aniqlanmaganini aytadi. Tergovchi bilan jiddiyroq gaplashish uchun uni chaqirtirishni talab qiladi.

    Shundan so‘ng V.Aliyev, O.Bozkurt va U.Akramov uchrashishadi. Shunda tergovchi tarjimonga qarab:

    — Xo‘jayininga tushuntir, ozroq kutib tursin, vahimaga asos yo‘q. Aybdorni tez kunda qamoqqa olaman.

    Biroq tergovchi jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan zararni to‘liq undirmay, qolaversa, jinoyat ishi bo‘yicha faqatgina 3 nafar shaxsni ayblab, asosiy ayblanuvchilarga chora ko‘rmay, ishni sudga yuboradi. Ammo sud tomonidan jinoyat ishi qo‘shimcha tergovga qaytariladi.

    Shunda tergovni yana V.Aliyev davom ettiradi. Va yana “eski hunari”ni boshlaydi.

    Jabrlanuvchiga “To‘yda qarz bo‘lib qoldim, 15 ming dollar bersangiz, barcha jinoyatchilarni topib, yetkazilgan zararni to‘liq undirib beraman” deb va’da beradi. O.Bozkurt yonidan 7 ming 500 AQSh dollari chiqarib unga tutqazadi.

    Shunday qilib, tergovchi V.Aliyev xorijiy investor O.Bozkurtning jami 47 ming 300 dollari miqdoridagi pulini shilib oladi. Lekin do‘ppisi tor kelgan tergovchi va’dasini bajara olmaydi. Uning quruq va’da bilan aldab yurganini tushungan jabrlanuvchi oxir-oqibat huquq-tartibot organiga murojaat qiladi.

    Qissadan hissa shuki, oxir-oqibat sudlanuvchiga aylangan katta tergovchi huquq sohasida muayyan nazariy bilim va amaliy tajribaga ega. Ya’ni, qing‘ir qadam qayerga olib borishini juda yaxshi bilgan. Bilib turib, shu yo‘ldan qaytmagani uchun munosib jazosini oldi. Mana, endi u 15 yil sim devorlar ortida o‘tirib, xulosa chiqarishiga to‘g‘ri keladi.

    09.05.2019, 13:56   Izoh (0)   25610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti maqbarasini ziyoratga qilish uchun minglab odamlar kelmoqda (video)

    09.05.2019, 13:05

    Samarqand shahrida harbiy texnikalar va qurol aslahalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (foto) 

    09.05.2019, 12:31

    Shavkat Mirziyoyev jon fido qilgan yurtdoshlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

    09.05.2019, 11:42

    Toshkent hokimligi “O‘lmas polk” aksiyasiga ruxsat bermagandi. Ammo aksiya baribir o‘tkazilmoqda

    09.05.2019, 11:35

    Prokuratura Qo‘qonda ro‘zador o‘quvchilar issiqda yugurtirilgani bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi

    09.05.2019, 11:19

    Markaziy bank “Davr bank”ning Uchtepa filiali ustidan tushayotgan e’tirozlarni o‘rgandi

    09.05.2019, 11:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.