Qo‘qon shahar xalq ta’limi bo‘limi ro‘zador o‘quvchilar issiqda yugurtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Shahar xalq ta’limi bo‘limi Qo‘qondagi 8-maktab direktori 6-may kuni darsdan so‘ng ro‘za tutgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga salbiy munosabatda bo‘lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni o‘rganib chiqqan.
“Xizmat surishtiruvi davomida shular ma’lum bo‘ldi-ki, mazkur maktabda o‘quvchilarning ro‘za tutishi uchun hech qanday tazyiq o‘tkazilmagan. O‘qutuvchilar tomonidan avvalo o‘quvchilarni bilim egallashi muhim ekanligi, fanlarni o‘zlashtirish uchun sog‘lom bo‘lishlari shartligi, shuning uchun ham vaqtida ovqatlanishga e’tibor qaratilishi xususida tushuntirishlar berilganligi aniqlandi”, — deyiladi raddiyada.
Avvalroq prokuratura Qo‘qonda ro‘zador o‘quvchilar issiqda yugurtirilgani holati yuzasidan o‘rganish olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)