Zangiotalik fuqaro mast holda uyida ishlayotgan ustaning umriga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joriy yil 6-mayga o‘tar kechasi Zangiota tumanida yashovchi ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi 39 yoshli Sh.I mast holda “Chortoq” mahallasi Yangihayot 4-tor ko‘chasi raqamsiz uyda o‘zaro janjal sabab shu uyda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ustani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida yashagan 57 yoshli R.Shning yuzi va tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan.
R.Sh olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Sh.I ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)