Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturi bo‘yicha fuqarolarga “Issiqxona” qurish uchun ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Monitoring natijasida tumanda tuzilgan ishchi guruh va bank xodimlari tomonidan kredit olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning ehtiyojmandligi joyiga chiqib o‘rganilmasdan va kredit ajratilishiga oid hujjatlarning haqqoniyligi tekshirilmasdan kreditlar ajratilishi oqibatida, “Issiqxona” qurish uchun AT “Xalq banki” Kitob filialidan 11 nafar fuqarolarga 147 million so‘m kredit mablag‘lari noqonuniy ajratilib, kreditlarning maqsadsiz sarflanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan AT “Xalq banki” Kitob filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)