• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Titilib ketayotgan betonlar, yopilmaydigan eshiklar. Buxoro shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar qanday holatda topshirilmoqda?

    Buxoro shahridagi 7-mikrorayonda uy-joyga muhtoj fuqarolarni uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida kechayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlaridagi shoshmashosharlik va pala-partishlik borasidagi qarashlar turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Bu bevosita, yillar davomida boshpanasiz yashab kelib, uzoq yillik kredit to‘lovi evaziga uy-joyga ega bo‘lgan va endi ega bo‘lish istagidagi aholi o‘rtasida ikkilanishlarni kuchaytirmay qo‘ymadi.

    Skrinshot: Telegram

    Ushbu masala yuzasidan “Daryo” muxbiri aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida barpo etilayotgan qurilish obyektida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Buxoro shahridagi Amir Temur ko‘chasida “O‘zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniyasi tomonidan 10 ta 7 qavatli, har biri 42 ta xonadonga mo‘ljallangan uy-joy barpo etilmoqda. Qurilishning nazoratini injiniring kompaniyasining viloyat bo‘limi amalga oshiradi. Qurilish ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi, sifatli olib borilishi uchun ushbu kompaniya mas’ul sanaladi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p qavatli uylarning sifatsiz qurilishi borasida tarqalgan munosabatlar e’tirozlar ko‘payib ketishiga, shuningdek, ularni qurish jarayonida sifatsiz mahsulot ishlatish, nuqsoni bilan egasiga topshirish kabi holatlar borligiga shubhani oshirgan.

    Foto: “Daryo”

    Ayniqsa, sement va qum aralashmasidan tayyorlanadigan pol quyma (styajka)sida sifatsiz mahsulotlarning ishlatilishi oqibatida uning qo‘lda ezilib ketadigan darajada quruq va mayin qum ko‘rinishini hosil qilgani borasidagi lavha kishilar e’tiborni tortmay qo‘ymadi.

    “Daryo” muxbiri holatni o‘rganish yuzasidan qurilish obyektida bo‘lib, soha mutaxassislaridan ushbu masalaga oydinlik va aniqlik kiritishni so‘ragan.

    Qurilish sohasi mutaxassisining bildirishicha, hamda amalda izohlab ko‘rsatishicha, sement va qum aralashmasidan tayyorlanadigan pol quymasi (styajkasi) 28 kunda qotib, qattiq va mustahkam xususiyat hosil qiladi.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri qurilish ishlaridagi holatni video-tasvirga tushirgan fuqaro bilan telefon orqali suhbatda bo‘ldi. Fuqaro quyidagilarni ma’lum qildi: — Men holatni video-tasvirga tushirganimdan oldin shaharning 7-mikrorayon hududida qurilish ishlarida sifatsizlik sodir bo‘layotgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Singlimga tegishli uy-joyda kechayotgan qurilish ishlarini nechog‘li sifatliligini ko‘rish maqsadida borgan paytimda haqiqatan ham ahvol shunday achinarli darajada edi. Men ko‘rgan va guvoh bo‘lganim holatni tasvirga olganman. Tasvirga olgan paytimda, agar ular ta’biri bilan aytganda, sement va qurilish qumi aralashmasi quymasi 28 kunda quriganda, u loy ko‘rinishini berishi kerak edi. Ammo, u qup-quruq qumdangina iborat edi. Uning ustidan qayta ishlov berilgan bo‘lishi mumkin.

    Jamoatchilik nazorati sabab qurilish ishlaridagi kamchilik va e’tiborsizlik oldi olingan. Kamchiliklar tuzatilgan. Qurilish jarayonida ko‘zga tashlangan muammolar ayrim quruvchilarning o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganidan kelib chiqqan.

    Foto: “Daryo”

    — Ayni paytda katta va keng hududda davom etayotgan qurilish ishlariga 700 nafar ishchi jalb etilgan. Jami 19 gektar maydonda davom etayotgan qurilish ishlari 7 ta pudrat tashkiloti tomonidan olib borilmoqda. Har bir ko‘p qavatli uy binosida 70 nafardan ishchi ishlayapti. Soha mutaxassislari jalb etilgan. Elektrik, santexnik, gipsokarton mutaxassisi, shtukaturkachi, bo‘yoqchi, beton quyuvchi, g‘isht teruvchi, oyna qo‘yuvchilar, eshik-derazalarni sozlovchilar, telefonizatsiya xodimlari bor. Barcha ishchi-xodim texnik xavfsizlik nazoratidan o‘tkazilgan. Har biriga mutaxassisligiga qarab, ish taqsimlangan. Video-tasvir tarqalgach, ertasi kuni Davlat arxitektura qurilish nazorati inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan holat kelib o‘rganildi. Kamchiliklar mavjudligi video-tasvirdagi darajada emasligi bildirildi. Ko‘rsatmalar berildi. Biroq hech qanday ko‘zbo‘yamachilik yoki nazoratsizlikka yo‘l qo‘yilmagan, — dedi “O‘zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniyasi Buxoro viloyat bo‘yicha vakili Hayot Nizomov.

    Foto: “Daryo”

    Bildirilishicha, uy-joyga muhtoj fuqarolarni yashash joyi bilan ta’minlash maqsadida tiklanayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonalar ichini ajratib turishga mo‘ljallangan devorlar old va ort tomondan ikki qavatdan gipsokarton hamda orasida polietilen sellofan, issiq saqlovchi va izolyatsiya moslamasi o‘rnatilgan. 2–3 xonali uylar hajmi 44,5 metr kvadratdan 56,1 metr kvadratgacha. Qurilish jarayonida zinalar atrofida qoldirilayotgan oraliq-yoriqlar marmar bilan to‘ldiriladi. Pollar ham issiqlik saqlovchi hamda polietilen matolar bilan yopiladi. Har bir ko‘p qavatli uy uchun 10 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi. Tiklanayotgan uylarda kommunikatsiya tizimlari ulanadi. Oshxona va yuvinish xonalari to‘liq jihozlar bilan ta’minlanadi. Ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi. Isitish moslamasi, shuningdek, ichki va tashqi eshiklar o‘rnatiladi. Ichki yo‘llari sozlanadi.

    Foto: “Daryo”

    — 2016–2018-yillar davomida shu hududda moslashtirilgan tarzda 16 ta ko‘p qavatli uylarni qurib topshirganmiz. Ayni paytda Buxoro shahar hokimligi tomonidan xonadonlar egalariga topshirilgan, — dedi Hayot Nizomov.

    Qurilishi yakunlanib, fuqarolarga tarqatilgan uy-joylarning aksariyatiga xonadon egalari o‘z uylariga ko‘chib o‘tmagan va 2017-yilda topshirilgan bo‘lishiga qaramay, ayrimlari endigina ko‘chib kelgan. E’tiborli jihati, aslida, ehtiyojmand oilalar uchun tiklangan va albatta, shunday toifadagi aholiga topshirilgan xonadonlarning ayrimlarida ijarachilar yashamoqda, ayrimlari bo‘m-bo‘sh turibdi.

    — Biz yosh va ehtiyojmand oilalarga qaratilayotgan e’tibor uchun davlatimizdan minnatdormiz. Kredit mablag‘larini to‘lashimiz uchun uzoq vaqt muhlat berilgan. Ammo, qurilish ishlaridagi e’tiborsizliklar sabab uy-joylardagi kamchiliklar ham kam emas. Xonalarda o‘rnatilgan eshiklar ochilsa yopilmaydi, yopilsa ochilmaydi, — dedi fuqaro Azizbek Qurbonov, — Elektr energiyasi ta’minotida nosozliklar tez-tez uchrab turadi. Bir kunda uch-to‘rt marotaba o‘chib-yonishlar kuzatiladi.

    Foto: “Daryo”

    Haqiqatan, xonadonlarning ichki va tashqi eshiklarida muammolar yetarlicha. Ayrim xonadonlarda oshxona va yuvinish xonalarida o‘rnatilgan santexnika jihozlari sifatsiz. Hali topshirilganiga bir yil to‘lmay turib, ishdan chiqqan.

    Keyingi xonadon egasining uyi ko‘zdan kechirilganda, bir nechta ichki eshiklarning qolipidan to‘liq ko‘tarilgani kuzatildi.

    — Uy ilgarigi yil topshirilgan bo‘lsa-da, joriy yilning yanvar oyida ko‘chib kirdik. Eshiklar ahvolini ko‘rib turibsiz. Muammolar yuzasidan murojaat qilsak, sizlar qabul qilib olgansizlar, endi bizning aralashishga haqimiz yo‘q, deyishadi. Isitish tizimlari ulangan, ammo ularni ulab turuvchi trubalar ham pala-partish qilingan. Quruvchi ishni to‘liq bajarmagan bo‘lsa, muammolarni kim yechadi? Go‘yo “Onangga bor, otangga bor!”, — dedi fuqaro Sabohat Jo‘rayeva.

    Foto: “Daryo”

    2016-yildan 2018-yilgacha qurib topshirilgan uy-joylarda kuzatuv kameralari umuman ishlamaydi. Yerto‘la ayanchli ahvolda. Suv va zax bosgan. Yomg‘ir suvi namlikning yuqoriligini hamda noxush hid tarqalishini ta’minlagan.

    Foto: “Daryo”

    — Yangi uyda 2017-yil yanvar oyidan buyon yashayapmiz. Shoshilinchda, mendan ketguncha qabilida qurilganligi shundoq ko‘rinib turibdi. Muammolar juda ko‘p. Namlik boismi, devorlar sirti nurab bormoqda. Elektr energiyasiga ulanishlarda nosozliklar mavjud. Tok o‘tkazgichlar yaroqsiz. Plintuslar ko‘chgan. Santexnika jihozlari ishdan chiqqan. Jo‘mrak va isitish moslamasi, ya’ni kotyoldan doimiy suv oqib turadi. Yangisiga almashtirishga to‘g‘ri kelyapti. Bu ham yetmagandek, elektr chirog‘ining tez-tez o‘chib turishi natijasida qish kunlari uylar soviydi, — dedi yana bir xonadon sohibasi Shahrinoz Qurbonova.

    Foto: “Daryo”

    Uy-joyga muhtoj fuqarolar uchun tiklangan uy-joylarda istiqomat qila boshlagan aholining aksariyati xonadonlardagi ichki muammolardan tashqari, elektr energiyasining kunida ikki-uch bor ta’minotdan uzib qo‘yilayotganini, murojaatlar javobsiz qolayotganini bildirdi.

    — Bizning aybimiz ehtiyojmand oila ekanligimizmi? Axir bepul emas, kredit mablag‘lari to‘lovini amalga oshirish evaziga yashaymiz-ku. Quruvchilar o‘zlarini bizning o‘ringa qo‘yib ko‘rsalar, balki haqiqatni yaxshiroq anglagan bo‘lardi. Balki shunda bizni tashvishlantirayotgan muammolarni tushunib yetishardi, — dedi ismi-sharifini oshkor qilinmasligini so‘ragan fuqarolardan biri.

    Foto: “Daryo”

    — To‘g‘risi, ichki eshiklardagi nosozliklar, santexnika jihozlarining sifatsizligi haqida mana endi bildirishyapti. Bizga asosiy mahsulot “O‘zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniyasi tomonidan yetkaziladi. Barchasi sifatdorligi ta’minlangan sertifikat bilan keladi. Biz, ya’ni qurilish korxonasi viloyat bo‘limi shu jihozlarni o‘rnatamiz, xolos. Aslida, yaroqsiz ahvolga kelsa, bir yil ichida murojaat etsa, ta’mirlash va sozlash ishlarini amalga oshiramiz. Biroq shunday muammolarga duch kelishayotgan ekan, hech shubhasiz, topshirilgan vaqti o‘tgan bo‘lishiga qaramay, imkon qadar tuzatib, sozlab beramiz. Murojaat qilishgan taqdirda ham hech qachon rad etilmagan. Shu o‘rinda aytishim joizki, hudud obodonchiligi va kommunal xizmatlarni ulash mahalliy hokimiyat tomonidan nazorat qilinadi. Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar esa yaxshi ayonki, biz bilan bog‘liq emas, —so‘zida davom etdi Hayot Nizomov.

    Shu kuni “O‘zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniyasi Buxoro viloyat bo‘limi hamda Buxoro shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha vakillari tomonidan har bir aholining shikoyat va noroziligi o‘rganilib, muammolari bartaraf etishga kirishildi. Aytish joizki, islohotlarning amaliy ijrosini sohaga tegishli mas’ullar yetarlicha ta’minlashi zarur.

    Foto: “Daryo”

    — Yog‘ingarchilikning kuchli kelishi oqibatida qator hududlarda kutilmagan to‘qnashuvlar tufayli elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar sodir bo‘ldi. Ayniqsa, uch kun surunkasiga yoqqan kuchli yog‘ingarchilik noqulay nosozliklarni keltirib chiqardi. Bu holat Buxoro shahrining 7-mikrorayonida juda ko‘p kuzatildi. Biroq hududda surunkasiga elektr tarmog‘idan uzilish kuzatilmagan. Yog‘ingarchilik va yuqori namlik ko‘tarilgach, texnik-mutaxassislar tomonidan mazkur hududdagi muammo izchil o‘rganilib, ikki kun davomida tuzatish va sozlash ishlari amalga oshirilib, bartaraf etildi, — dedi Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Ma’ruf Ergashev.

    Zamonaviy turar joy binolari qad ko‘tarib, salobat to‘kib turgan mazkur massivning bolalar o‘yingohi panjara devorlar bilan ajratilib, o‘ralmagan. Biroq hududning ko‘p qismida obodonlashtirish ishi amalga oshirilmagani, beton ariqcha (lotok)lar va bolalar o‘yingohida chiqindilarning qalashib yotgani ham ta’bni xira qilmay qo‘ymaydi. Bu o‘z-o‘zidan massivda hali uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatining yo‘lga qo‘yilmaganini anglatadi. Yangi qurib topshirilgan ko‘p qavatli ayrim uylar atrofidagi yer maydonlari e’tiborsizlikdan suvsiz va qarovsiz. Tikan va begona o‘tlar bosib ketgan. Daraxtlarga qaralmagan. Ayrimlari esa fuqarolar mehnati va e’tibori bilan ko‘rkam bog‘chaga aylangan.

    Foto: “Daryo”

    Sel yomg‘ir ta’sirida ko‘p qavatli uylar oldidagi yer maydonlarining cho‘ka boshlagani esa keyingi muammoga sabab bo‘lgan.

    Cho‘kayotgan yer.

    Cho‘kayotgan yer.
    Foto: “Daryo”

    — Men xonadonim ichidagi ta’minotdan nolimayman. Muammo tug‘ilganda, o‘z vaqtida murojaat etganman. Doim ko‘mak berib, bartaraf etib ketishgan. Minnatdorman. Ammo meni o‘ylantiradigan va tashvishlantiradigan muammo, shundoq ko‘p qavatli uy-joy oldidagi yer maydoni ko‘rib turganingizdek cho‘kkan. Bu ko‘ngilsiz holatni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Tezroq bartaraf etilishi lozim, — dedi fuqaro Zamira Ibragimova.

    Hududlarda zamonaviy uy-joylar qisqa muddatlarda tiklanib, aholiga topshirilmoqda. Ularni odamlar sotib olmoqda. Demak, ezgu va xayrli tashabbuslar jarayonida kechayotgan bunyodkorlik ishlariga har bir pudratchi tashkilot mas’uliyat bilan yondashishi kerak.

    06.05.2019, 15:56   Izoh (0)   42680
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi “Listem-Fergana” qo‘shma korxonasini borib ko‘rdi

    06.05.2019, 15:45

    Maqsud Asadov: “Til — shaxs kamolotining bosh mezoni, u shikastlansa, millat tanazzulga yuz tutadi”

    06.05.2019, 15:41

    Ichanqal’ada yashovchi xivaliklar o‘z uylariga pul to‘lab kiradigan bo‘ldi

    06.05.2019, 15:33

    Andijonda Damas va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi

    06.05.2019, 15:21

    O‘zbekiston 2019-yilning birinchi choragida dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

    06.05.2019, 15:10

    Shavkat Mirziyoyev: Xotin-qizlar qo‘mitasi tasarrufida ipakdan mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha klasterlar tashkil etish kerak

    06.05.2019, 14:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Tojikistonning elektr energiyasi uchun 300 mln dollarlik qarzidan kechdi

    Dunyo | 17 iyun, 17:56

    “U oltinga o‘xshaydi, men uni juda hurmat qilaman”. “Roma”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan Eldor Shomurodov haqida

    Futbol | 17 iyun, 17:55

    “Umid qilamanki, barcha akulalar o‘lib ketadi”. Donald Trampning eng g‘alati 12 ta odati

    Dunyo | 17 iyun, 17:45

    Buyuk Britaniya O‘zbekistonda empatiyaga doir bolalar uchun taʼlim dasturlarini amalga oshirmoqchi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 17:35

    Xitoy marketpleyslarida Pekin universiteti ko‘li suvi sotilmoqda. U go‘yoki “donolikka to‘la” va kayfiyatni ko‘tarishi mumkin

    Layfstayl | 17 iyun, 17:25

    Parij aviatsiya ko‘rgazmasida Isroil stendlari yopib qo‘yildi

    Dunyo | 17 iyun, 17:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.