Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultondagi besh qavatli uylarning birida 2-may kuni yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “Nur.kz”.
Qayd etilishicha, narvon yordamida yonayotgan uydan 32 nafar kishi qutqarilgan.
Qutqaruvchilardan birining uchinchi qavat derazasidan turib bolani ushlab olayotganini voqea guvoharidan biri videoga olgan.
Yong‘in oqibatida 14 nafar bola jabrlangan.
Izoh (0)