Peterburg politsiyasi to‘rt nafar o‘zbekistonlik o‘tirgan mashinadan patronlar topdi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.
1990,1994,1995,1999-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarolari o‘tirgan Skoda Rapid avtomobili 23-aprel kuni Moskva shoh ko‘chasida to‘xtatilgan. Avtomobil ko‘zdan kechirilganida uning yukxonasidan 7,62 millimetr kalibrli 204 ta patron topilgan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu patronlar o‘q uzish uchun yaroqli deb topilgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Avtomobil haydovchisi qo‘lga olingan.
Izoh (0)