• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bu bolalarning ham baxtli bo‘lishga haqqi bor. Dunyoni o‘zgartirishga intilayotgan ikki ustozning ibrati va mashaqqati haqida

    “Xabar.uz”da jurnalist Barno Sultonovaning “Iqtidor” imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi haqidagi maqolasi e’lon qilindi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    “Biz hunar o‘rgatayotgan 40 nafar nogiron va kam ta’minlangan oilalarning bolalari hayotda o‘z o‘rinlarini topishini istayman. Zora, bizning bu amallarimiz orqali tilanchi bolalar safi kamaysa”. — 23-aprel kuni poytaxtimizdagi “Kitob olami” do‘konida joylashgan GroundZero kovorking bo‘limida Qo‘qon shahridan tashrif buyurgan “Iqtidor” imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi ishtirokchilarining san’at asarlari: badiiy gilam, kandahorchilik, rassomlik san’at asarlari taqdimotida Turon fanlar akademiyasi faxriy akademigi markaz rahbari Tursunali Ahmadaliyev so‘zini ana shunday fikrlar bilan boshladi. — “Biz hunar o‘rgatgan bolalar bugun o‘z yo‘llarini topib ketishdi. Xursand qiladigan jihati, ular bir-biri bilan oila qurishdi. Ba’zan ulardan tug‘ilgan bolalarning sog‘lomligi, zehni o‘tkirligini ko‘rib xursand bo‘lamiz. Hazillashib senga boshqa ota olib kelamizmi desangiz, o‘zimning otam hammadan yaxshi deb javob berishadi”.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Ko‘rgazmaga qo‘yilgan 30 dan oshiq san’at asarlarini imkoniyati cheklangan, qo‘li yoki oyog‘i yo‘q bolalar chizganiga, yaratganiga ishongingiz kelmaydi. Ular bugun jamiyatning faol a’zosiga aylangan. Ko‘rgazmalarda qatnashadi, g‘olib bo‘ladi, qiyin sharoitga qaramay, o‘z ustida tinmay ishlaydi. Ammo ularning muammolari boshqa bolalarning muammolaridan ikki hissa ko‘proqdir. Axir aytishadiku, bitta nogiron bolani tarbiyalash, o‘qitish, besh nafar sog‘lom bolaga o‘qib o‘rgatish bilan barobar deb.

    Ammo Ayubxon Madaminovdek shogirdlar ustozlari yonida kecha-yu kunduz bir safda turib bolalarga hunar o‘rgatmoqda, og‘irini yengil qilishga hissa qo‘shmoqda. Ayubxon 7 yoshida ustozi Tursunali akadan naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi va qandakorlik yo‘nalishlari bo‘yicha hunar sirlarini egallagan. Tom ma’noda bu yosh yigitcha ikki tashabbuskor insonning qanotiga aylangan.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Markaz haqida bundan 20 yil oldin mana shu maskanni ochish tashabbusi bilan chiqqan 74 yoshli hoji ona O‘ktamxon Ahmadaliyeva shunday deydi:

    “Bu bolalar bizga viloyatning turli tumanlaridan kelishadi. Tabiiyki, kam ta’minlangan oilalarning bolalariga hatto yo‘lkira topilmagan kunlar ham bo‘ladi. Badiiy gilam to‘qish uchun ip, mato va bo‘yoqlar, rasm chizish uchun qog‘oz, qalam va boshqa yo‘nalishlar uchun ishlatiladigan mahsulotlarga turmush o‘rtog‘im bilan nafaqamizni ishlatamiz. Bu ishlarimiz uchun bizga hech kim haq to‘lamaydi. Yaqinda ‘Buyuk kelajak uchun’ loyihasida g‘olib bo‘lganimizni va mablag‘ ajratilganini hisobga olmaganda hamma xarajatlar o‘z hisobimizdan. 20 yildan davomida ko‘rgan qiyinchiliklarimizni aytsam ado bo‘lmaydi. Hokimiyatga joy so‘rab murojaat qilganmiz. Ammo vaqtinchalik ajratilgan joyda bir necha marta ko‘chdik. Endi bolalar bilan moslashib ishimizni joy-joyiga qo‘ya boshlaganimizda bizga berilgan xonalar kimgadir kerak bo‘lib qoladi va biz har 3-4 oyda ko‘chishga majbur bo‘lamiz. Ayni paytda markazimiz pedagogika kolleji yotoqxonasining 3-qavatida. Tasavvur qilayapsizlarmi oyog‘i yo‘q yoki qo‘li yo‘q, imkoniyati cheklangan bolalarning uchinchi qavatga chiqib-tushishini…”

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Ammo shunga qaramay, Tursunali aka hamda O‘ktamxon aya o‘zlarining qilayotgan ishlaridan juda xursand. Chunki yigirma yil oldin O‘ktamxon aya haj safariga borganida, u yerdagi kam ta’minlangan, nogiron bolalarga ko‘rsatilayotgan muruvvatlardan juda hayratlangan edi-da. U yerda xorijliklarning ana shunday imkoniyati cheklangan, nogiron, bechorahol odamlarga ko‘rsatilayotgan saxovat hoji onani to‘lqinlantirib yuboradi: “50 yoshdan oshib mana shunday odamlarga bironta yaxshilik qilmagan ekanman. Yurtimga qaytsam aynan shunday odamlar uchun bepul hunar o‘rgataman, deb ko‘nglimga tukkan edim”.

    Albatta, onaxonning bu tashabbusini rangtasvir yo‘nalishi mutaxassisi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Tursunali aka qo‘llab-quvatlaydi. Ammo shuncha yildan beri deyarli hech kim ularning ahvoli bilan qiziqmadi. Axir bunday bolalar bilan ko‘rgazmalarga borish, san’at asarlarini ko‘tarib yurish ikki fidoyi ustozga oson bo‘lgan deysizmi?!

    Hatto ular foydalanishi uchun transport ham ajratilmagan. Ikki qo‘li yo‘q, rangtasvir va badiiy gilam yo‘nalishi bo‘yicha saboq oladigan qizaloq Mavluda Abdunazarovaning taqdiri esa hech qaysi insonni befarq qoldirmaydi. Onasi vafot etgan, otasi boshqaga uylangan bu qizaloq amakisinikida yashaydi. Uning mashg‘ulotlarga qatnashiga ham gohida yo‘lkira topilmay qolarkan.

    Yana bir tarbiyalanuvchi – ikki qo‘li yo‘q 26 yoshli Lutfullo Qodirov sportning taekvonda turi bo‘yicha musobaqalarda qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritibdi. Bunday bolalar uyga ketishi uchun oyog‘i bilan taksi to‘xtatishganda haydovchilar “nega bizni mazax qilayapsan”, deya haqorat qilgan kunlari ham ko‘p bo‘lgan ekan.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    “Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyiga borganimda mana shu insonlar ko‘rgazmaga qo‘ygan san’at asarlari meni o‘ziga maftun etdi va ular bilan yaqinroq tanishishga ahd qildim”, — deydi tashkilotchilardan biri Aziza Umarova. — “Men bu yerga nimaga kelganimni ham unutdim. Va ularni Toshkentga taklif qildim. Mana shu yerga yig‘ilganlarga aytmoqchi bo‘lganim, kelinglar, birga ushbu ishlarning yangi egalarini topishga yordamlashaylik. Axir bu ikki ustozning qilayotgan ishi qahramonlik, ular olamni o‘zgartirishga hissa qo‘shishmoqda. Agar biz birlashsak, kerak bo‘lsa, mutasaddi rahbarlar, hokimlar ‘qani o‘sha odamlar, mana biz yordam beramiz’, deya ko‘makka shoshilishi tabiiy”.

    Ha, shunday yaxshi insonlar tufayli hali biron marta sotilmagan san’at asarlarining 10 ga yaqiniga shu yerning o‘zida xaridorlar chiqdi. Bu ular uchun ham rag‘bat, ham yanada san’at asarlarini ko‘proq yaratishlari uchun yaxshigina mablag‘ hisoblanadi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov esa tadbir yakunida shunday fikrlarni bildirdi: “Afsuski Tursunali aka hamda O‘ktamxon ayaning internet bilan ishlashga imkoniyatlari ham yo‘q ekan. Biz tezkorlik bilan ularning yaratgan asarlarini internet sahifalarimizga joyladik, qiziquvchilar uchun ulashdik. Va guvohi bo‘lib turibmizki, asarlarni joylagan zahotimiz qiziquvchilar biz bilan bog‘lana boshladi. Bizning vazifamiz ular bilan onlayn muloqotni yo‘lga qo‘yish. Mana shu yo‘l orqali homiylar topish. Ikki insonning shogirdlari ishlarini yuzaga chiqarish bo‘lishi kerak”.

    Biz ham “Iqtidor” imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvatlash markazining barcha muammolari barham topishiga, kelajakda ularga homiylik qiladigan, mehnatlarini yuzaga chiqarishga ko‘maklashadigan yaxshi insonlarning safi kengayishiga ishonamiz.

    25.04.2019, 12:36   Izoh (0)   19129
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ichki ishlar vaziri andijonlik profilaktika inspektorlari va mahalla faollariga mukofot topshirdi

    25.04.2019, 12:21

    Sirdaryoda mol o‘g‘rilari qo‘lga olindi

    25.04.2019, 12:17

    Qo‘yliqdagi suv bosgan ko‘chada “Titanik” kabi suzayotgan Nexia (video)   

    25.04.2019, 12:05

    Qashqadaryoda traktor ag‘darilishi oqibatida jabrlangan fuqaro vertolyot orqali kasalxonaga yetkazildi (foto)

    25.04.2019, 11:43

    Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi (foto)  

    25.04.2019, 11:28

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi

    25.04.2019, 10:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.