22-aprel, dushanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kungi janglariga start berildi.
O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi dastlabki jangni -49 kg vazn toifasi vakili Nodirjon Mirzaahmedov boshlab berdi. U laoslik bokschi Xampxouvan Xamsatonega qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda Nodirjon raqibini ochkolar hisobiga mag‘lub etib, musobaqaning yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq bugun 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaning yarim finaliga chiqish uchun jang qilishi haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)