Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi “Tottenhem” jamoasi Angliya chempionatining 35-turida safarda “Manchester Siti”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bu “shporlar”ning Angliya chempionatining safarda qabul qilib olgan ketma-ket beshinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Jamoa avvalgi turlarda “Liverpul” (1:2), “Sauthempton” (1:2), “Chelsi” (0:2) hamda “Byornli” (1:2) klublariga mag‘lub bo‘lgandi. London klubi APLdagi ishtiroki davomida bunday holatga atigi 2 marta duch kelgandi, deb yozadi Gracenote Live.
Jumladan, jamoa 2000-yil avgustidan dekabriga qadar Jorj Grem qo‘l ostida safardagi ketma-ket yettita bahsda mag‘lub bo‘lgan. 2004-yil martidan mayiga qadar esa Devid Plit boshqaruvida ketma-ket oltita safar o‘yinida yutqazgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)