Qozog‘istondagi trassalardan birida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi yaralandi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Avariya 20-aprel kuni tongda Jambul viloyatining Korday tumanida ro‘y berdi. Olmaota—Toshkent trassasining 181-kilometrida Toyota Camry yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga urildi.
Uning ortidan kelayotgan avtobus haydovchisi to‘qnashuvdan qochishga urindi, biroq bu harakat avtobus ag‘darilishi bilan yakunlandi.
Hodisa joyida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi keyinchalik kasalxonada vafot etdi.
Izoh (0)