18-aprel kuni Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida to‘rt nafar tojikistonlik chirigan kartoshkadan vafot etdi, deb xabar berdi “AsiaPlus”.
Ma’lum bo‘lishicha, 48, 44, 38 yoshli erkaklar va 18 yoshli o‘spirin xususiy uyning yerto‘lasiga tushgan. U yerda kuzda yetishtirilgan kartoshkalar joylashtirilgan bo‘lib, ular chirigan va ulardan tarqalgan hid zaharlanishga olib kelgan.
Erkaklarning barchasi voqea joyida, o‘spirin esa kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.
Izoh (0)