Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2019-yilda mamlakatda muddatidan avval parlament saylovi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
U saylovni joriy yil 7-noyabr kuni o‘tkazishni taklif qilgan.
“Saylov qaysi kuni o‘tkazilishi haqida hali bir qarorga kelmadim. Agar qonunga muvofiq bo‘lsa, bizda yaxshi bir bayram bor — 7-noyabr, Oktabr inqilobi kuni, dam olinadigan kun”, — degan Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda prezident saylovlari o‘z vaqtida, ya’ni 2020-yilda o‘tkaziladi.
Izoh (0)