Parijning Notr-Dam ibodatxonasidagi yong‘in kompyuter ishi nosozligi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda ibodatxona mutasaddisi Patrik Shove ma’lum qilgan. deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
U aynan qanday nosozlik yong‘inga olib kelgan bo‘lishi mumkinligini aniqlashtirmagan.
“Biz, ehtimol ikki yoki uch oydan so‘ng nima bo‘lganligini aniqlaymiz”, — degan u.
Eslatib o‘tamiz, 15-aprel kuni Parijdagi Notr-Dam-de-Pari ibodatxonasida kuchli yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida bino jiddiy zarar ko‘rgan: uning shpili, tomi va ustunlari qulab tushgan.
Parij politsiyasi yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan, deb taxmin qilmoqda.
Izoh (0)