18-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turida musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Shota Arveladze boshliq “Paxtakor” o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvning 75-daqiqasida “sherlar” a’zosi Javohir Siddiqov raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shu tariqa toshkentliklar o‘z uyida kechgan bahsda “Dinamo” darvozasiga javobsiz 2 ta gol urib, g‘alaba qozondi (2:0).
Ushbu o‘yindan so‘ng “Paxtakor” ochkolari sonini 13 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalidagi yetakchilikni mustahkamladi. “Dinamo” esa 7 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda bormoqda.
Superliga
5-tur bahsi
18-aprel, payshanba
“Paxtakor”—“Dinamo” 2:0
Gollar: 1:0 — 75 Javohir Siddiqov, 2:0 — 81 Jaloliddin Masharipov“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Marko Simich, Yegor Krimets, Xojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullayev (Odilbek Hamrobekov, 45), Javohir Siddiqov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Igor Sergeyev, 86), Dostonbek Hamdamov (Jasur Yaxshiboyev, 70), Marat Bikmayev
“Dinamo”: Shohruxjon Eshbo‘tayev, Mirkomil Loqayev, Hakimxon Alamxonov, Akmal Xolmurodov, Jasur Azimov, Qadamboy Nurmatov (Amirjon Safarov, 62), Bobur Qosimov, Abbos Shodmonov, Damir Temirov (Siroj Hamroyev, 67), Sardorbek Eminov, Ixtiyor Toshpo‘latov (Nizomjon Norov, 78)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)