Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida joylashgan kafelarning birida qurtlagan go‘shtni pishirib xo‘randalar dasturxoniga tortilgani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Videoda go‘shtdan tayyorlangan taomda zararkunanda hasharot — qurtlar yurgani tasvirlangan. Videoni tasvirga olgan odam bu kafe Samarqand shahridagi Xishraf qo‘rg‘onida joylashgan “Ulfatlar” kafesi ekanini eslatib o‘tgan.
Tasvirlar qachon olingani ma’lum emas. Videoda dasturxondan boshqa hudud tasvirga tushirilmagan. Shu boisdan bu aynan o‘sha kafedan olinganini isbotlovchi ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)