Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Tramp bilan Xanoydagi uchrashuvi muvaffaqiyatsiz yakunlanganiga qaramay, uchinchi sammitni o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Agar biz (KXDR va AQSh) oliy darajadagi uchinchi sammitni hamkorlarimiz bilan to‘g‘ri munosabat va to‘g‘ri hisoblash usulidan foydalangan holda o‘tkazmoqchi bo‘lsak, bunga yana bir marta urinib ko‘rish mumkin”, — degan Kim Chen In Pxenyanda Oliy xalq yig‘ini deputatlari oldidagi chiqishida.
Kim Chen In AQSh hukumati Koreya yarim orolini yadro qurolidan holi etish bo‘yicha muzokaralarga munosabatini o‘zgartirish uchun “dadil” qaror qabul qilishini yil ohirigacha kutish niyatida.
Shimoliy Koreya rahbari so‘nggi uchrashuvda hech qanday natijalarga erishilmaganiga qaramay, Tramp bilan shaxsiy munosabatlari yaxshiligicha qolayotganini ta’kidlagan.
Izoh (0)