26-may kuni Donald Tramp Yaponiyaga safari paytida sumo turniriga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “TASS”.
Xabarda aytilishicha, Yaponiya assosiatsiyasi hozirda tegishli tayyorgarliklarni amalga oshirmoqda.
Trampning Yaponiyaga safarining birinchi kuni Tokioda sumo bo‘yicha imperator kubogi uchun bahorgi turnir o‘tkazilishi vaqtiga to‘g‘ri keladi.
Tramp, shuningdek, 1-may kuni o‘zining otasi Akixitoning iste’fosidan so‘ng taxtga o‘tiradigan imperator Naruxito bilan uchrashgan birinchi xorijiy rahbar bo‘ladi.
Donald Tramp Yaponiyaga oxirgi marta 2017-yilda tashrif buyurgan.
Izoh (0)