“Yuventus” klubi himoyachisi Andrea Bardzali mavsum so‘ngida faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
“Kelajak? Bu haqida juda ko‘p o‘yladim. Meni hamma narsa qiziqtirmoqda. Yaqin oylarda barcha variantlarni ko‘rib chiqaman. Menejer, murabbiy yoki tahlilchi? Men avvalosi o‘zim qaysi birini yaxshi eplay olaman va ulardan qaysi biri men qiziqtira olishini tushunib olishim lozim”,—deydi futbolchi.Ma’lumot uchun, Andrea Italiya terma jamoasi safida 2006-yil Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. U “Yuventus” safida 280 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan. A Seriyada esa 7 karra chempionlikka ega chiqqan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)