Rossiyada xorijiy fuqarolar tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni kamayib bormoqda. Bu haqda Federatsiya Kengashida hisobot bergan bosh prokuror Yuriy Chayka ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
“2018-yilda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlarning umumiy ulushi 3,5 foizni tashkil qildi. 2016—2017-yillarda bu ko‘rsatkich 3,7 foizga teng edi”, — dedi bosh prokuror hisobotida.
Migrantlar tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni Qrim, Moskva viloyati va Sankt-Peterburgda Rossiyaning boshqa hududlariga qaraganda nisbatan ko‘proq.
Xorijiy fuqarolar amalga oshirayotgan jinoyatlar orasida eng ko‘pi o‘g‘irlik: u jami jinoyatlarning chorak qismini tashkil qiladi.
Izoh (0)