Innovatsion rivojlanish vazirligi tGELF (Ta’lim va yetakchilikni rivojlantirish sohasidagi xalqaro jamg‘arma, Hindiston) va GEN (Global tadbirkorlik tarmog‘i) bilan hamkorlikda Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionati (Entrepreneurship World Cup) milliy saralash bosqichida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish boshlanganini ma’lum qildi.
Tanlov Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al Saud tashabbusi bilan MiSK jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan.
Mazkur chempionat global miqyosdagi yirik hodisa bo‘lib, dunyodagi 100 dan ortiq davlatdan 100 ming nafardan ziyod tadbirkor ishtirok etadi.
Tanlovning milliy saralash bosqichi finali xalqaro ekspertlar ishtirokida 2019-yil 30—31-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Tanlov g‘oliblari 2019-yil 12-noyabrda Saudiya Arabistonining Ar-Riyad shahrida bo‘ladigan Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionatining xalqaro superfinalida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Arizalar ingliz tilida 2019-yilning 10-may sanasiga qadar qabul qilinadi.
Izoh (0)