6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida kunning navbatdagi 2 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Turning markaziy o‘yinida musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Leo Messi yetakchiligidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi Diyego Simeone boshliq “Atketiko Madrid”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 85-daqiqasida “ko‘k-anor ranglilar” hujumchisi Luis Suares Jordi Alba uzatgan to‘pni Yan Oblak qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ygan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib argentinalik hujumchi Leo Messi hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shu tariqa kataloniyaliklar Madrid jamoasi darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritib, g‘alaba qozondi (2:0). Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar 73 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Ta’kidlash joiz, bahsning 28-daqiqasida “Matraschilar” hujumchisi Diyego Kosta hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydonni muddatidan avval tark etdi.
La Liga
31-tur bahslari
“Rayo Valyekano”—“Valensiya” 2:0
Gollar: 1:0 — 32 de Tomas, 2:0 — 90 Mario Suares“Barselona”—“Atletiko Madrid” 2:0
Gol: 1:0 — 85 Suares, 2:0 — 86 Messi“Barselona”: ter Stegen, Pike, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 84), Langle, Alba, Artur (Malkom, 63), Buskets, Rakitich, Koutino (Alenya, 80), Messi, Suares.
“Atletiko” Oblak, Ximenes, Godin, Filipe Luis (Morata, 58), Arias (Korrea, 35), Saul, Koke, Parti, Rodri Ernandes (Xuanfran, 88), Diyego Kosta, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Parti (27), Himenes (28), Godin (29), Saul (71), Pike (74), Langle (78), Suares (86).
Chetlatish: Diyego Kosta (28).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)