• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Adliya vazirligi o‘z tizimida “korrupsiyaga qarshi urush” e’lon qildi

    Adliya vazirligi o‘z tizimida korrupsiyaga qarshi “urush e’lon qildi”, ya’ni illatning tub ildiziga bolta urish uchun amaliy harakatlarni boshladi. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Xususan, 2018-yilda notariat tizimida yuzaga kelayotgan korrupsion holatlarning oldini olish uchun to‘lovlarni (davlat boji, gerb yig‘imi va pullik xizmat) elektron mobil ilovalar (UPAY, Click, PAYME) orqali to‘lash, avtomatik tarzda xizmatlar uchun narxlarni shaklantirish tizimi joriy etildi.

    Shuningdek, “sirli mijoz” reydlari o‘tkazilib, unda aniqlangan korrupsiya holatlari bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rildi hamda bu haqda keng jamoatchilikka ma’lum qilindi.

    Masalan, Davlat xizmatlari Agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2019 yil 1 aprel holatiga jami 1 318 ta “sirli mijoz” hamda 7 732 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Natijada DXM xodimlarining 621 tasi ogohlantirildi, 116 tasiga xayfsan, 63 tasiga jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanildi hamda 68 tasi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

    Notariat xodimlarining halol va to‘g‘ri ishlashdan manfaatdorligini oshirish maqsadida notariuslarga o‘zlari tomonidan undirilgan pullik xizmatning 80 foizigacha miqdorida rag‘batlantirish bo‘yicha ustamalar berib kelinmoqda.

    Bundan tashqari, aholi va xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot ishlari qizg‘in olib borilmoqda. “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” megatanlovi, “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” insholar tanlovi shular jumlasidandir.

    Davlat xizmatlari agentligida elektoron hujjatlar aylanmasi hajmining ortishi, “Ochiq adliya” (“Open Justice”) dasturining e’lon qilinishi, “ishonch telefon”larining ishga tushirilishi — bularning bari Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashni tubdan va samarali tashkil qilishga kirishgani va bu maqsadida sobitligini bildiradi.

    Shu kunlarda vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida maxsus dastur qabul qildi. Dasturda adliya organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qator amaliy chora-tadbirlar belgilab qo‘yildi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish kengashi tuziladi. Adliya vazirligi qoshida tuziladigan ushbu kengash korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturning ijro etilishini nazorat qilib boradi. Ya’ni vazirlikning bu boradagi faoliyati vazirlik xodimlaridan iborat turli yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi jamoatchilik asosida ishlovchi guruh tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Bu esa o‘z navbatida ob’ektiv nazoratni ta’minlaydi.

    Mansabdorlarning faoliyati baholab boriladi. Adliya organlari va muassasalarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarining qay darajada bajarilayotgani baholab boriladi, buning uchun maxsus baholash tizimi joriy etiladi. Shuningdek, xodimlarning faoliyatini jismoniy va yuridik shaxslar onlayn tartibda baholab borishi, o‘zlarining korrupsiyaga qarshi masalalar bo‘yicha shikoyat va takliflarini yuborishlari uchun sharoit yaratiladi.

    Attestatsiya jarayoni — jamoatchilik nazorati ostida. Barcha bo‘g‘indagi adliya organlari xodimlarining attestatsiyadan o‘tkazilishi jamoatchilik vakillari kuzatuvi ostida amalga oshiriladi hamda videotasmaga tushuriladi, shuningdek attestatsiya jarayoni onlayn translyatsiyasi qilinadi.

    Korrupsiya holatlari haqida xabar berganlar mukofotlanadi. Adliya organlari va muassasalari mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid xatti-harakatlar haqida xabar bergan shaxslarni mukofotlash tartibi joriy etiladi.

    Video va audio yozuvlarga ruxsat beriladi. Avval ma’lum qilinganidek, adliya organlari va muassasalari ma’muriy binolarida (notariat idoralari, davlat xizmatlari markazlari, Intellektual mulk agentligida) ish jarayonini fuqarolarga video va audioga yozib olish huquqi beriladi.

    Uzun navbatlar tartibga olinadi. Davlat notarial idoralari va Davlat xizmatlari markazlarida elektron navbat, shuningdek davlat notarial idoralari va davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiluvchilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmat sifatini baholash tizimlari joriy etiladi.

    Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining attestatsiyasi onlayn namoyish etiladi. Toshkent davlat yuridik universitetidagi yakuniy davlat attestatsiyasi jarayoni onlayn tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri internetda translyatsiya qilinadi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashda Xalqaro tashkilotlar tajribasidan foydalaniladi. Adliya organlari va muassasalari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishda bir qator korrupsiyaga qarshi kurashuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bunda ushbu tashkilotlarning dokladlari va tavsiyalari o‘rganib chiqiladi va ularga asoslanib tahliliy materiallar tayyorlanadi. Ushbu tahlillar asosida korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi belgilanadi.

    Ichki tartib-intizom qat’iy nazoratga olinadi. Xususan, adliya mansabdorlarining qo‘l ostidagi xodimlariga shaxsiy topshiriqlarini bajartirish holatlarini aniqlash yuzasidan muntazam monitoring olib boriladi.

    Budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar kuchaytiriladi. Xususan, adliya organlari xodimlarining xizmat safarlari va boshqa xarajatlari faqat qat’iy hujjatlangan holda moliyalashtiriladi. Xarajatlarni oshirib yozib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tovar-moddiy boyliklarini va ularning sarfini hisobga olish bo‘yicha yagona elektron tizim ishlab chiqiladi.

    Ushbu dasturni amalga oshirish orqali adliya organlari va muassasalari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqini yuksaltirish, shuningdek, adliya organlari va muassasalarining faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning samaradorligini ta’minlash kabi yuksak natijalar kutilmoqda.

    06.04.2019, 23:56   Izoh (0)   18261
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 7-aprel kuni avtomarafon o‘tkaziladi. Ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi

    06.04.2019, 23:35

    Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” sayilgohida yoshlar festivali o‘kazildi (foto, video)

    06.04.2019, 22:33

    Shavkat Mirziyoyev Sulton Saodatni Buxoriy, Termiziy maqbaralaridek katta va go‘zal ziyoratgohga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

    06.04.2019, 22:13

    Qashqadaryodagi ko‘chki oqibatida ishdan chiqqan temiryo‘l to‘liq qayta tiklandi

    06.04.2019, 21:54

    Shavkat Mirziyoyev Termiz aeroportining yangi terminali bilan tanishdi. Aeroportda yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi barpo etiladi

    06.04.2019, 19:15

    “O‘ztransgaz” rahbari o‘rinbosari “Lukoyl” oldidagi qarzdorlik sababli bo‘shatildi

    06.04.2019, 18:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH armiyasi havo operatsiyalarini boshqarishda sun’iy intellektni joriy etishi mumkin

    Dunyo | 6 avgust, 21:57

    Toshkentda nafaqaxo‘r qarindoshi nomiga 35 mln so‘m kredit olgan ayol ushlandi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 21:40

    G‘azo aholisi suv yetishmovchiligiga duch kelyapti

    Dunyo | 6 avgust, 21:25

    Andijonlik fuqaro 10 yillik alimentni oldindan to‘ladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 21:15

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 6 avgust, 21:09

    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

    Reklama | 6 avgust, 19:30

    AQSH prezidentining Ukraina bo‘yicha vakili Stiv Uitkoff Kremlda Putin bilan uchrashdi

    Dunyo | 6 avgust, 20:45

    “Eronning yerosti boyliklari 27,5 trln dollarni tashkil etadi” – Eron hukumati vakili

    Dunyo | 6 avgust, 20:35

    Parkinson kasalligini kislorod yetishmovchiligi bilan davolash taklif etildi

    Dunyo | 6 avgust, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.