Baxtiyor Anorqulov “O‘ztransgaz” kompaniyasi raisining moliya bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan chetlatildi. Bu haqda, hukumatdagi manbasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Lavozimidan chetlatilishiga “Lukoyl” oldidagi katta miqdordagi qarzdorlik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Mart oyi boshida O‘zbekiston 2018-yilda Rossiya kompaniyasi oldida 600 million dollarga yaqin miqdorida qarzdor bo‘lib qolgani haqida xabar berilgan edi.
“Lukoyl”ning qazib olish bo‘yicha katta vitse-prezidenti Azat Shamsuarov O‘zbekiston mahsulotni bo‘lishib olish to‘g‘risidagi kelishuvda qazib olingan gaz to‘liq eksport qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston qazib olingan gazning bir qismini ichki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelganini ma’lum qilgan edi.
“O‘ztransgaz” “Gazeta.uz” so‘roviga Baxtiyor Anorqulovning ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi hujjat hozirda mavjud emas, deya javob berdi.
Izoh (0)