Taklif etilgan to‘rtta ssenariydan birortasi ham yetarli miqdorda ovoz olmadi, deb yozadi “Exo Moskvi”.
Avvalroq deputatlar Bosh vazir Tereza Mey tomonidan taklif etilgan YeI bilan tuzilgan shartnomani uchinchi marta rad etgan.
12-aprel kuni esa Britaniya Yevropa Ittifoqiga o‘z harakatlari rejasini taqdim etishi yoki shu kuni YeIdan chiqib ketishi kerak.
Brexit’ni bekor qilish va Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqi tarkibida saqlab qolish talab etilgan petitsiyani olti milliondan ortiq kishi imzolagan.
Izoh (0)