Venesuela Oliy sudi parlamentdan Xuan Guaydoning deputatlik daxlsizligini bekor qilishni talab qildi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.
Sud majlisi Venesuela telekanallarida namoyish etildi.
Parlament spikeri va oppozitsiya yetakchisi hisoblanuvchi Guaydo yanvar oyida o‘zini mamlakat prezidenti sifatida e’lon qilgan edi.
AQSh, Kanada va Yevropaning qator mamlakatlari uni davlatning qonuniy prezidenti sifatida tan oldi.
Izoh (0)