Rossiyaning S7 aviakompaniyasi direktorlar kengashi raisi (kompaniya asoschsi va egasi uning turmush o‘rtog‘i Vladislav Filev hisoblanadi) Nataliya Fileva va uning otasi Germaniyada ro‘y bergan aviahodisa oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aviakompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, Epic-LT xususiy samolyoti Frankfurt-Mayndagi Egelsbax aeroportiga qo‘nish chog‘i qulagan. Rossiya fuqarosi bo‘lgan uchuvchi ham halok bo‘lgan.
Fojia joyiga yo‘l olgan politsiya mashinasi ham halokatga uchragan: buning oqibatida ikki kishi o‘lgani bildirilmoqda.
Ma’lumot uchun, 55 yashar Nataliya Fileva Rossiyaning eng boy ayollaridan edi. Forbes uning mol-mulkini 600 million dollar baholagan.
Izoh (0)