Leonardo da Vinchining mo‘yqalamiga mansub “Dunyo qutqaruvchisi” (Salvator Mundi) kartinasi BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida joylashgan Fransiyaning Luvr muzeyi filialidan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Filial xodimlari ham, Luvr muzeyi xodimlari ham da Vinchi asarining qayerdaligini bilmaydi.
2018-yil sentabr oyida Abu-Dabi shahridagi Luvr muzeyi filiali “Dunyo qutqaruvchisi” asarining taqdimoti kechiktirilishi haqida ma’lum qilgan. Ammo, taqdimot qoldirilishi sababi va uning qachon o‘tkazilishi haqida xabar berilmagan.
“Dunyo qutqaruvchisi” asari yo‘qolgan deb hisoblanar edi, ammo 2017-yilda uni xususiy kolleksioner 450 million dollardan ortiqroqqa sotib olganida yana “yuzaga chiqqan edi”.
Izoh (0)