Advokat Zuzana Chaputova Slovakiyadagi prezidentlik saylovining ikkinchi turida g‘alaba qozondi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ikkinchi turda Chaputova 58,38, uning raqibi, Yevrokomissiya rahbarining o‘rinbosari Marosh Shefchovich 41,62 foiz ovoz to‘pladi.
Chaputova Slovakiyaning ilk ayol prezidentiga aylanadi. U saylov yakunlariga bag‘ishlangan brifingda mamlakatning asosiy tillarida dunyoqarashi, dini va millatidan qat’iy nazar barcha slovakiyaliklarning yetakchisi bo‘lishga va’da qildi.
Zuzana Chaputova 15-iyunda, mamlakatning amaldagi prezidenti Andrey Kiskaning vakolatlariga yakuniga yetganidan so‘ng vazifasini bajarishga kirishadi.
Izoh (0)