Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati aralash qoidali yakkakurashlar jangchisi Murod Xonto‘rayevning 27-mart kuni pichoqlangani haqida xabarlarni rad etdi.
“Xonto‘rayev haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan: hech ham unday voqea bo‘lmagan, u bilan hammasi joyida”, — dedi bosh boshqarma matbuot xizmati vakili “Daryo”ga bergan axborotida.
Yana pichoqlangani haqida xabarlar paydo bo‘lgach, xabar berishlaricha, Xonto‘rayevning o‘zi Instagram orqali jonli efirga chiqib, soppa-sog‘ligi, hech qanday pichoqbozlik bo‘lmagani haqida ma’lumot bergan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)