Aralash qoidali yakkakurashlar jangchisi, o‘zbekistonlik Murod Xonto‘rayevga yana pichoq orqali hujum qilingan. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 27-mart kuni Xonto‘rayev o‘zining yaqinlaridan biri bilan gap talashib qolgan. Natijada mojaroning ikkinchi ishtirokchisi Murod Xonto‘rayevga pichoq bilan hujum qilgan.
Xonto‘rayevga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uning jarohati u qadar jiddiy emasligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 26-noyabr kuni o‘zbekistonlik aralash qoidali janglar ustasi Murod Xonto‘rayev Toshkent savdo majmuasida joylashgan ofisida pichoqlab ketilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)