• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tanasidan 16 ta igna va sim bo‘laklari topilgan chaqaloq xonadoni og‘ir ahvolda yashamoqda

    “Xalq so‘zi Online” tanasidan 16 ta igna va sim bo‘laklari topilgan chaqaloq xonadonidan fotoreportaj tayyorladi. Quyida reportaj to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    2018-yilning eng shov-shuvli bu g‘ayrioddiy voqeasi qanday qilib xayoldan ko‘tarilish mumkin?! 9 oylik chaqaloqligidan mamlakatimizga taniqli bo‘lib ulgurgan Azizbek Abdumajidov shu yilning 11-fevral kuni ikki yoshga to‘ldi. Dadasi Alijon Xudoyberdiyev va onasi Shohsanam Boltaboyeva o‘tgan 2018-yilda bo‘lib o‘tgan voqealar tufayli ruhiy zo‘riqish onlarini boshdan kechirdi. Bu yil boshida esa tilab-tilab olgan farzandi Azizbekning tavallud kunini “Mehnatobod” MFYga qarashli Yangi yo‘l ko‘chasidagi yangi ko‘chib o‘tgan, hali qurilishi oxiriga yetkazilmagan xo‘jalikda nishonlashdi.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    “Shifokorlarga rahmat. Birinchi operatsiyasi mutlaqo bepul, beminnat, muvaffaqiyatli amalga oshirildi. O‘g‘limning ahvoli hozir juda yaxshi. Lekin Azizbekni har olti oyda poytaxtda ko‘rikdan o‘tkazamiz. O‘tgan yili 12-sentabr kuni Toshkentga olib borganimizda shifokorlar o‘g‘limda hayotiga xavf soladigan noxush o‘zgarishlar yo‘qligini aytishdi. Baribir juda xavotirdaman. Tanasida yana 3 dona sim va igna olib tashlangani yo‘q. Ko‘krak qovurg‘asi hamda bo‘yin qismida, yurak orqa tomoni — umurtqa oldiga joylashib qolgan ignalarni chiqarib tashlash uchun yana operatsiya zarur. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bunday amaliyot uchun bolamiz hali yetarli jismoniy quvvatga ega emas. Jigarbandim yanada kuchga to‘lib olishi kerak ekan. Bu yog‘ini so‘rasangiz, operatsiyadan oldingi mayda bordi-keldi va boshqa xarajatlarga ham kuchimiz yetmaydi, afsuski. Olti oy muddat “lip” etib o‘tib ketdi. Shu oyda yana Azizbekni shifokor ko‘rigiga olib borish zarur”, — deydi onasi Shohsanam Boltaboyeva.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Alijon Xudoyberdiyev, Azizbekning otasi: Bilasiz, yangi uyga ko‘chib o‘tish va ro‘zg‘orni but qilib olish uchun qishloq sharoitida ko‘p mehnat talab etiladi. Buni yashiradigan joyi yo‘q. Ayolim Shohsanam bola tarbiyasi va uy ishlari bilan mashg‘ul. O‘zim o‘g‘limning boshidan kechirgan noxush holatlari tufayli migrant bo‘lib ishlashdan voz kechdim. Hozir muqim ish topguncha kunlik yollanma ish bilan mashg‘ulman. To‘g‘ri, yangi ko‘chib o‘tgan uyimizda 10 sotix tomorqamiz bor. Undan unumli foydalansak bo‘ladi. Yalqov emasman-u, agar tomorqa bilan mashg‘ul bo‘lib qolsam, kundalik tirikchilikdan qolib ketamiz. Keyin bizni kim boqadi? Amal-taqal qilib kunlik ro‘zg‘orga kerak bo‘ladigan mablag‘ni zo‘rg‘a topib kelyapman. Hozir turmush o‘rtog‘im bilan bor diqqatimizni o‘g‘limning butunlay sog‘ayib ketishiga zarur sarmoya yig‘ish bilan bandmiz. Televizorda ko‘rsatishyapti, tomorqadan unumli foydalanish uchun sharoiti bo‘lmagan shaxslarga davlat, bank va yana ayrim tashkilotlar har tomonlama yordam berisharkan. To‘g‘risi, shundan umidimiz bor. Tuman hokimligi yoki mutasaddi tashkilotlar bizning oyoqqa turib olishimiz va tomorqamizdan unumli foydalanishimizga birinchi ko‘makni ko‘rsatishsa, u yog‘iga eru xotin eplab ketardik. Faqat boshlanishiga qo‘limiz kaltalik qilyapti-da...

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Shohsanamning aytishicha, bir muddat avval Toshloq tumani Xalq qabulxonasi va tuman hokimligiga ham yordam so‘rab murojaat qilgan. Biroq bu murojaatga biror-bir jo‘yali javob berilmagan. To‘g‘ri, mahalla ahli yoki qarindosh-urug‘lar tomoshabin bo‘lib turishgani yo‘q. Lekin “ha” degan tuyaga madad, deydilar.

    Mahalladoshlarning aytishicha, yangi mahalla Katta Farg‘ona kanalining yoqasida joylashgani uchun dehqonchilik qiladigan yerlar zax. Hatto, kovlansa, bir yarim metrdan suv chiqib ketarkan. Mevali daraxtlar esa ayni mevaga kirgan pallada zax tufayli qurib qolaveradi. Shuning uchun qo‘ni-qo‘shnilar chorva boqishni ma’qul ko‘rishadi. Nazarimizda, murg‘ak Azizbekning ota-onalari Alijon Xudoyberdiyev va Shohsanam Boltaboyevaga ham chorva olishda, yanada aniqrog‘i, ularning boshiga tushgan tashvishlardan xoli bo‘lib oyoqqa turib olgunlarigacha keng jamoatchilik vakillari, savobtalab insonlar va mutasaddilarning yordami zarur.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    “Eslatib o‘tamiz, ayni paytda bolaning hayotiga xavf yetkazmaydigan darajada tanada joylashgan uchta igna haligacha organizmda qolmoqda. O‘tgan yili bu holat yuzasidan jinoyat alomatlari topilmaganligi bois tergov harakatlari to‘xtatilgan edi. Ammo hanuz ko‘pchilikni bir savol o‘ylantiradi: ignalar bolaning tanasida qanday paydo bo‘ldi? Ushbu jumboq hamon ochiq qolayotir. Bu borada turli taxminlar bo‘lsa-da, haligacha aniq to‘xtamga kelinmagan”, — deyiladi xabarda.

    25.03.2019, 13:36   Izoh (0)   132356
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida Prezident Administratsiyasi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 600 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi

    25.03.2019, 11:48

    Shavkat Mirziyoyev Gretsiya prezidentiga tabrik yo‘lladi

    25.03.2019, 11:22

    O‘zbekiston ta’lim xodimlari kasaba uyushmasi andijonlik pedagoglarga oyligini olishga yordam berdi

    25.03.2019, 10:25

    Andijonlik 10 bolali tadbirkor: Bank biznes rejamni ko‘rsatsin, ular bilan bahslashmayman

    25.03.2019, 07:50

    Samarqandlik ayol turmush o‘rtog‘ini pichoqlab, voqea joyidan yashirindi

    24.03.2019, 22:55

    Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga keldi

    24.03.2019, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya strategik bombardimonchilar ishlab chiqariladigan yagona korxonasini kengaytirmoqda

    Dunyo | 29 iyun, 15:15

    Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari sammiti 2026-yilga qoldirildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 15:00

    Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini ziyorat qilishni tavsiya qildi

    Sport | 29 iyun, 14:48

    Xiaomi kamera, dinamika va mikrofonli AI Glasses smart ko‘zoynaklarini e’lon qildi

    Layfstayl | 29 iyun, 14:40

    O‘zbekistonda ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 14:20

    O‘zbekistonda hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 14:00

    Bred Pittning Los Anjelesdagi uyiga o‘g‘ri tushdi

    Layfstayl | 29 iyun, 13:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.